8 187
«Real» rahbariyati muvaffaqiyatlarini Krishtianu Ronaldu uslubida nishonlaydigan Shahram G‘iyosov bilan aloqaga chiqdi
Boks bo‘yicha Rio—2016 Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan Shahram G‘iyosovga «Real» vakillari minnatdorchilik izhor qildi. Bu haqda bokschi News Arena gazetasiga bergan intervyusida ta’kidlab o‘tgan, deb yozmoqda «Daryo» nashri.
Tadbirkor Bekzod Ortiqov gazetaning 15 dekabr kuni chop etilgan sonida Shahram G‘iyosovga murojaat qilib, Krishtianu Ronalduning gol nishonlash uslubidan foydalanishi unga futbolchining o‘zi bilan suhbatlashish imkonini bergani yoki yo‘qligiga qiziqqan.
«Shaxsan Ronaldu bilan suhbatlashishning imkoni bo‘lmadi. Madridning ‘Real’ klubi vakillari aloqaga chiqishdi», — deb aytib o‘tgan Shahram G‘iyosov.
«Jamoamiz a’zosiga tegishli uslubni eng nufuzli musobaqa — Olimpiadada qo‘llab, bizga bo‘lgan hurmatingni namoyish etding. Bundan juda baxtiyormiz. O‘ylaymizki, sen bilan uchrashish nasib etadi. Bu yo‘lda imkoniyatni ishga solamiz», — deb «Real» tomoni Shahram G‘iyosovga minnatdorchilik bildirgan.
Shahram G‘iyosov, shuningdek, futbolni yaxshi o‘ynay olishiga oydinlik kiritgan.
Bokschi savolga javobida «Real»dan kim va qachon aloqaga chiqqaniga oydinlik kiritmagan. «Real» tomonidan bildirilgan fikrlar telefon orqali suhbatda aytilganmi yoki matkub sifatida yozilganmi ma’lumot berilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi