2025 yil 2–11 oktyabr kunlari Norvegiyaning Forde shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu musobaqada 100 dan ortiq mamlakatdan kelgan 800 dan ziyod sportchi medallar uchun kurash olib boradi.
O‘zbekiston terma jamoasi ham nufuzli chempionatda o‘zining eng kuchli sportchilari bilan ishtirok etadi. Ular orasida Olimpiada chempionlari Akbar Jo‘rayev va Ruslan Nurudinov ham bor.
Ikki atlet ham bir xil vazn toifasida — 110 kgda bahsga tushadi. Ushbu vazndagi bellashuvlar 10 oktyabr kuni o‘tkaziladi. O‘zbekiston vaqti bilan soat 22:30 da sportchilarimizning chiqishi rejalashtirilgan.
Jamoatchilik ulardan yuqori natijalar kutib turibdi. Ayniqsa, Nurudinov va Jo‘rayev kabi ikki kuchli sportchining bir vaznda bahsga tushishi bokschilar va atletika muxlislari uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Nurudinov va Jo‘rayev jahon chempionatida bir vaznda chiqish qiladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar