Chempionlar Ligasi bahsida Turkiyada "Galatasaray" mashhur "Liverpul"ni qabul qildi. O‘yinning yagona goli 16-daqiqada Viktor Osimhen tomonidan penaltidan kiritildi. Shundan keyin inglizlar katta ustunlikka ega bo‘lishdi, biroq hisobni o‘zgartira olishmadi.
Statistikada "Liverpul" ancha faol bo‘ldi: 68% to‘p nazorati, 16 ta zarba (4 tasi aniq). "Galatasaray" esa 9 zarba berib, shundan 4 tasini darvozaga yo‘lladi. Uchrashuv keskin kurashda o‘tdi: 26 ta qoida buzildi va jami 8 ta sariq kartochka ko‘rsatildi.
Bu g‘alaba "Galatasaray" uchun guruhda muhim imkoniyat yaratdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar