date

FIFA JCH-2026 rasmiy to‘pini taqdim etdi: “TRIONDA”

FIFA JCH-2026 rasmiy to‘pini taqdim etdi: “TRIONDA”

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati uchun maxsus ishlab chiqilgan rasmiy to‘pni taqdim etdi.

To‘pning dizaynida qizil, ko‘k va yashil ranglar asos qilib olingan — ular mezbon mamlakatlarning ramzi hisoblanadi. Yangi to‘pning nomi esa “TRIONDA” deb ataldi.

JCH-2026 tarixda ilk bor 48 jamoa ishtirok etadigan musobaqa sifatida o‘tkaziladi. Ular 12 guruhga bo‘linadi va har guruhdan ikki jamoa hamda uchinchi o‘rinni olgan eng yaxshi sakkiz jamoa keyingi bosqichga yo‘l oladi. Shu bilan birga, bu mundialda ilk bor 1/16 final bosqichi ham joriy etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA JCH-2026 rasmiy to‘pini taqdim etdi: “TRIONDA”