MDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 14 medal qo‘lga kiritdi

Ozarbayjonda o‘tkazilayotgan III MDH o‘yinlarida kecha O‘zbekiston delegatsiyasi uchun muvaffaqiyatli kechdi. Kun davomida sportchilarimiz 1 ta oltin, 5 ta kumush va 8 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Bu natija delegatsiyaning o‘yinlardagi barqaror faoliyatini yana bir bor ko‘rsatdi.
Oltin medalni Gulshan Alimardonova (karate, -50 kg) qo‘lga kiritdi. Kumush medallar esa quyidagilarga nasib etdi: Samandar O‘razaliyev (karate, kata), Nazokat O‘rinova (ayollar kurashi, -46 kg), Jasmina Pirmatova (ayollar kurashi, -50 kg), Muhammad Rahimjonov (erkin kurash, -45 kg) va Asadbek Erkinjonov (erkin kurash, -92 kg).
Bronza medallar quyidagilarga nasib etdi: Begzod Ismoilov (boks, -52 kg), Shohruh Yakubov (erkin kurash, -51 kg), Xudoyberdi Turg‘unov (erkin kurash, -60 kg), Durdona To‘raqulova (karate, kata), Sevinch Rahimova (karate, -55 kg), Mehriddin To‘raxonov (karate, -60 kg), Abdulvahob Rashidov (karate, -67 kg) va Marvarid Zuvaydulloyeva (qilichbozlik, shpaga).
O‘zbekiston delegatsiyasi bu natijalar bilan MDH o‘yinlaridagi o‘zining sport salohiyatini yana bir bor namoyish etdi va kelgusi musobaqalarda ham yuqori natijalarga umid bag‘ishladi.