date

"Paxtakor" va "Dinamo" klublari raqiblarini qanday mag‘lub etdi? (video)

"Paxtakor" va "Dinamo" klublari raqiblarini qanday mag‘lub etdi? (video)

O‘zbekiston Superligasida 24-tur bahslari davom etmoqda.

Buxoroda mezbon «Buxoro» klubi «Paxtakor»ga yirik 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Toshkentliklar safida gollarga Resan, Flamarion va Sergeev (dubl) mualliflik qildi.

Superliga. 24-tur. 4 oktyabr

Buxoro — Paxtakor 0:4

Gollar: Resan 28, Flamarion 38, Sergeev 80, 84 (dubl).

Mazkur natija orqali «sherlar» 46 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi. Buxoroliklar esa 21 ochko bilan 15-pog‘onani band etgan.

Samarqandning «Dinamo» klubi esa Termizda «Surxon»ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Mehmonlar safida gollarga Firdavs Abdurahmonov va Jahongir Abdusalomov mualliflik qildi.

Superliga. 24-tur. 4 oktyabr

Surxon — Dinamo 0:2

Gollar: Abdurahmonov 7, Abdusalomov 29.

Ushbu natijadan so‘ng «Dinamo» 44 ochko bilan 4-o‘rinni band etgan. Termizliklar esa 25 ochko to‘plagan holda 12-pog‘onadan joy olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" va "Dinamo" klublari raqiblarini qanday mag‘lub etdi? (video)