
“PSJ” klubi yarim himoyachisi Anxel Di Mariya faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.
Manbada aytilishicha, Xitoy klubi vakili futbolchi va uning agenti Jorje Mendesh bilan aloqaga chiqqan. Hozircha aynan qaysi klub ekanligi siri tutilmoqda.
Avvalroq, parijliklar ustozi Unai Emeri so‘nggi uchrashuvlarda Anxelning o‘yinidan norozi bo‘layotgani xabar qilingandi.
Argentinalik futbolchi 2015 yilning yozida “Manchester Yunayted”dan “PSJ”ga o‘tgandi.
Ushbu mavsumda 28 yoshli xavbek Fransiya chempionatining 15ta bahsida maydonga tushib, bitta gol hamda beshta golli uzatmaga mualliflik qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar