AQSH prezidenti Donald Tramp kelasi yil 14-iyunda Oq uy hovlisida yirik UFC jang kechasi o‘tkazilishini ma’lum qildi. «Kelgusi yilning 14 iyun kuni biz Oq uy maydonida katta UFC jang oqshomini o‘tkazamiz», — dedi u bayonotida.
Mazkur sana davlat rahbarining tug‘ilgan kuniga to‘g‘ri keladi. Tramp 2026-yilda 80 yoshni qarshi oladi va ushbu layv shouni bayram kayfiyatida o‘tkazish rejalashtirilgan.
Avvalroq UFC tadbiri oyning boshida, AQSH Mustaqillik kuni (4-iyul) atrofida bo‘lishi mumkinligi aytilgandi. Endi esa qaror tug‘ilgan kun bilan uyg‘unlashtirildi — muxlislar uchun yanada ajoyib media-hodisa kutilayapti.
Hozircha kard to‘liq e’lon qilinmagan, ishtirokchilar ro‘yxati va logistikaga doir detallar keyinroq ma’lum qilinadi. UFC va Oq uy hamkorligida tashkil etiladigan bu kecha sport va siyosat chorrahasidagi eng yorqin sport tadbirlaridan biriga aylanishi mumkin.
Ta’kidlash joiz, yangilik MMA jamoasi orasida katta qiziqish uyg‘otdi: ayrimlar buni yangi an’anaga aylanadigan shou deb baholayapti, boshqalar esa xavfsizlik va infratuzilma masalalari qanday hal etilishini kutmoqda. Bir narsa aniq — yirik mushtlashuv kechasi sport ixlosmandlari diqqat markazida bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar