O‘zbekiston milliy terma jamoasi ertaga, 9 oktyabr kuni, Kuvaytga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi. Bugun uchrashuv oldidan ikki jamoa rasmiylari ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazilib, o‘yinga oid barcha qoidalar, tushuntirishlar va zarur eslatmalar kelishib olindi.
Kiyim-bosh masalasi ham aniq: yurtdoshlarimiz to‘liq oq libosda harakat qiladi, darvozabonimiz esa yashil formada maydonga tushadi. Raqiblar kiyimi vaziyatga muvofiq belgilab olinadi.
Bellashuv Toshkentdagi «Olimpiya» stadionida 18:00 da start oladi. Muxlislardan qo‘llab-quvvatlashni ayamaslik so‘raladi — shiddatli o‘yin oldidan jamoaga quvvat beradigan eng muhim omil ham shu. Omad, «oq bo‘rilar»!
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar