date

JCH-2026 saralashi. Saudiya Arabistoni Indoneziyani mag‘lub etdi

JCH-2026 saralashi. Saudiya Arabistoni Indoneziyani mag‘lub etdi

Jahon chempionati 4-bosqichning saralashidan o‘rin olgan Indoneziya - Saudiya Arabistoni jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Erve Renar boshqaruvidagi Saudiya Arabistoni Indoneziya bilan kuch sinashib, 3:2 hisobida taslim etdi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida Indoneziya futbolchisi Kevin Diks penaltidan hisobni ochdi. Oradan 6 daqiqa o‘tib esa Vaxeb Salex oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Undan so‘ng Firas al-Buraykan 36 hamda 62-daqiqalarda gollar urib, dublni rasmiylashtirdi va oradagi farqni 2 tagacha oshirib qo‘ydi. 88-daqiqada Kevin Diks yana bir bor 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalandi va hisobni qisqartirdi. Umumiy hisob esa 3:2.

Shuningdek, 90+3-daqiqada saudiyaliklar yarim himoyachisi Moxamed Kanno ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni tark etdi.

JCH-2026 saralashi. 4-bosqich, «B» guruhi

Indoneziya — Saudiya Arabistoni 2:3

Gollar: Diks (pen. 11, pen, 88) — Al Shamat (17), Al Buraykan (pen. 36, 62).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH-2026 saralashi. Saudiya Arabistoni Indoneziyani mag‘lub etdi