FIFA prezidenti Janni Infantino yozda AQSHda o‘tgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini ikki jihat — pul oqimi va tashkilotchilik bo‘yicha «muvofaqqiyatli loyiha» deb baholadi. Uning ta’kidicha, turnir klub futboli iqtisodiyotini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Infantino misol keltirdi: «Chempionlar ligasi ilk yillarida atigi 40 million yevro daromad keltirgan bo‘lsa, bugungi kunda bu raqam 4 milliard yevrodan oshib ketgan. Agar klublar o‘rtasidagi birinchi Jahon chempionati 2 milliard yevro daromad keltirgan bo‘lsa, 30-yildan so‘ng bu raqam 200 milliardga yetishi mumkin. Bu klublar va butun futbol industriyasi uchun ulkan foyda», — dedi u.
FIFA rahbariga ko‘ra, musobaqaga qiziqish katta bo‘ldi: «AQSHdagi o‘yinlarga jami 2,5 million tomoshabin keldi, o‘rtacha tashrif — 40 ming atrofida. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha hozircha faqat APL ustun. Dunyo miqyosida qiziqish baland. Bu milliy chempionatlar, Yevropa musobaqalari va global turnirlar rivoji uchun muhim drayver», — deb qo‘shimcha qildi Infantino.
Uning so‘zlaricha, FIFA klublar, liga va homiylar bilan hamjihat holda formatni yanada sayqallashtirish, geografiya va marketingni kengaytirish ustida ishlayapti. «Maqsad — sport g‘ururi bilan iqtisodiy barqarorlikni uyg‘unlashtirish, muxlislar uchun sifatli tomosha taqdim etish», — deya qayd etdi u.
Xulosa qilib aytganda, AQSHdagi debyut ilk qadamni muvaffaqiyatli qo‘ydi: stadionlar to‘ldi, raqamlar o‘sdi, muloqot kanallari kengaydi. Endi esa navbat — sifatni yana bir bosqichga olib chiqishda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar