date

“Humo Arena”da prof boks kechasida o‘zbek to‘qnashuvi kutilmoqda

“Humo Arena”da prof boks kechasida o‘zbek to‘qnashuvi kutilmoqda
14 noyabr kuni Toshkentdagi “Humo Arena” majmuasida prof boks bo‘yicha yirik turnir bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi tashkilotchilar.
Ushbu musobaqa Lift Promotions va Matchroom Boxing hamkorligida tashkil etiladi va bir qator e’tiborli janglarga guvoh bo‘ladi.
Kechaning markaziy janglaridan biri – ikki hamyurtimiz o‘rtasida o‘tadi.

Havaskor boksda Jahon chempionati sovrindori bo‘lgan A’loxon Abdullayev professional ringdagi navbatdagi jangida Suhrob Qayumovga qarshi jang qiladi.Bu jang “o‘zbekcha derbi” sifatida qayd etilmoqda va muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kutilmoqda.Ikki bokschi ham o‘z faoliyatida kuchli raqiblar bilan to‘qnash kelgan va g‘alaba uchun barcha imkoniyatlarga ega.

A’loxon Abdullayev 4 ta jang o‘tkazib, 3 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.Suhrob Qayumov ham shuncha jang o‘tkazgan bo‘lib, uning hisobida ham 4 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat bor.Boks kechasi mahalliy va xalqaro sport ahli e’tiborini tortmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Humo Arena”da prof boks kechasida o‘zbek to‘qnashuvi kutilmoqda