“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasida asosiy tarkibga kira olmayotgan tayanch yarim himoyachi Kelvin Fillips uchun qishki transfer oynasi yangi imkoniyat bo‘lishi kutilmoqda.
Angliya terma jamoasi sobiq o‘yinchisi jarohatdan keyin tiklanish jarayonini boshlab yuborgan bo‘lsa-da, asosiy tarkibdagi raqobat unga oson bo‘lmaydi. “Oltin to‘p” sohibi Rodri va yosh ispan iqtidorli futbolchi Niko Gonsales Gvardiolaning ishonchini to‘liq qozongan. Murabbiy esa an’anaviy tarzda ispan uslubiga yaqin o‘yinchilarga tayanayotgani kuzatilmoqda.
Fillips esa so‘nggi oylar ichida o‘yin amaliyotisiz qolgan. Uning nomzodiga jiddiy qiziqish bildirgan klublardan biri — “Everton”. Football Insider nashri yozishicha, Liverpul klubi tajribali yarim himoyachini mavsum oxirigacha ijaraga olish niyatida.
“Manchester Siti” rahbariyati esa bu variantga qarshi emas. Gvardiola uning jamoa uslubiga mos kelmasligini anglab yetgan va futbolchiga boshqa jamoada o‘zini ko‘rsatish uchun ruxsat berishga tayyor.
Kelvin Fillipsning “Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar davom etadi. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati hozircha 12 million yevro atrofida baholanmoqda.
Futbol muxlislari esa Fillipsning yangi jamoada yana o‘zini topishiga umid bildirmoqda — axir, u hali ham Angliya futbolidagi eng mehnatkash yarim himoyachilardan biri sanaladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!