date

O‘zbekiston klublari ilk bor FIFA dasturidan mablag‘ oladi

O‘zbekiston klublari ilk bor FIFA dasturidan mablag‘ oladi

FIFA 2026-yilgi Jahon chempionati oldidan klublarga to‘lanadigan kompensatsiya tizimini yangiladi, deb xabar berdi Kursiv.media. Endi o‘zbekistonlik futbolchilarni terma jamoaga yuborgan Superliga klublari ham daromad olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

FIFA’ning Club Benefits Program dasturi 2010-yildan beri amal qilib kelmoqda. Unda Jahon chempionatida ishtirok etgan futbolchilar uchun ularning klublariga to‘lov beriladi. Masalan, 2022-yilgi Qatar chempionatida har bir futbolchi uchun klubiga kuniga $10 950, kamida 14 kun uchun esa $153 minggacha to‘langan.

Yangi tizimga ko‘ra, 2026-yil Kanada, AQSh va Meksikada bo‘lib o‘tadigan chempionatda umumiy kompensatsiya fondi $355 million bo‘ladi. Shundan $100 million saralash bosqichida futbolchilarini terma jamoalarga yuborgan klublar o‘rtasida taqsimlanadi.

“Nasaf” klubi esa eng ko‘p futbolchi bilan ajralib turibdi. Abduvohid Ne’matov, Sherzod Nasrullayev, Akmal Mozgovoy, Zafarmurod Abdurahmatov, G‘olib G‘aybullaev, Alibek Davronov, shuningdek, Umar Eshmurodov va Bobur Abdulxoliqov O‘zbekiston terma jamoasi safida “Nasaf” a’zosi sifatida saralashda maydonga tushgan. Bu esa klubga FIFA tomonidan to‘lov olish imkonini beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston klublari ilk bor FIFA dasturidan mablag‘ oladi