Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi milliy terma jamoalar safida o‘tkazilgan o‘yinlarda bir kunda jahon rekordlarini o‘rnatishdi, deb xabar berdi Kursiv media sayti..
Ronaldu Vengriyaga qarshi o‘yinda (2:2) dubl qayd etib, jahon chempionati saralash bosqichlarida 41 ta gol urib, ushbu yo‘nalishda mutlaq rekordchi bo‘ldi. U gvatemalalik Karlos Ruisning 39 gollik natijasini ortda qoldirdi.
Messi esa Argentina – Puerto-Riko (6:0) o‘rtoqlik o‘yinida ikki assist berib, terma jamoadagi assistlar sonini 60 taga yetkazdi. U bu borada Neymar va Lendon Donovanni ortda qoldirdi.
Bugungi kunda Ronaldu milliy terma jamoalar tarixidagi eng yaxshi to‘purarlik rekordi — 142 ta gol. Messi esa 8 karra “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar