date

FIFA: “Boston JCH-2026 o‘yinlariga to‘liq tayyor bo‘ladi”

FIFA: “Boston JCH-2026 o‘yinlariga to‘liq tayyor bo‘ladi”

FIFA AQSH prezidenti Donald Trampning Jahon chempionati-2026 o‘yinlari Bostondan boshqa shaharga ko‘chirilishi mumkinligi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.

Avvalroq Amerika rahbari Boston meri Mishel Vu bilan uchrashuvda shahardagi tartibsizliklar sababli musobaqa o‘yinlarini boshqa joyga ko‘chirish ehtimoli ko‘rib chiqilayotganini aytgan edi.

FIFA rasmiylariga ko‘ra, bu masalada hozircha hech qanday o‘zgarish kutilmayapti. Tashkilot barcha 16 mezbon shahar rejaga muvofiq tayyorgarlikni davom ettirayotganini tasdiqladi.

“Ishonchimiz komilki, har bir mezbon shahar o‘yinlarni yuqori darajada o‘tkazishga qodir. Barcha stadionlar va infratuzilma FIFA standartlariga to‘liq mos bo‘lishi ta’minlanadi. Bizning asosiy maqsadimiz — futbolchilar va muxlislar xavfsizligini kafolatlash. Bu borada davlat idoralari bilan yaqin hamkorlikda ish olib boramiz”, — dedi tashkilot vakili.

FIFAning ta’kidlashicha, xavfsizlik choralari musobaqaning ajralmas qismi hisoblanadi va bu vazifani mezbon davlat tuzilmalari amalga oshiradi.

Boston 2026 yilgi Jahon chempionati mezbon shaharlaridan biri bo‘lib, Foksboro shahridagi “Jilett Stedium”da 7 ta o‘yin o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mutaxassislar fikricha, FIFAning ushbu bayonoti turli mish-mishlarga nuqta qo‘ydi — tashkilot tayyorgarlik jarayonini barqaror va nazorat ostida deb hisoblaydi.

Jahon chempionati-2026 musobaqasi AQSH, Kanada va Meksika hududlarida bo‘lib o‘tadi. U tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadigan turnir bo‘ladi va FIFA buni “futbol tarixidagi yangi sahifa” deb ta’riflagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA: “Boston JCH-2026 o‘yinlariga to‘liq tayyor bo‘ladi”