date

Gvardiola Rodrining holati haqida: “Hozircha yangilik yoʻq”

Gvardiola Rodrining holati haqida: “Hozircha yangilik yoʻq”

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Everton”ga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan jamoa holati haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik mutaxassisning aytishicha, asosiy yarimhimoyachi Rodri hali maydonga qaytishga tayyor emas.

“Rodri? Hozircha hech qanday yangilik yoʻq. Afsuski, u ertangi oʻyinda ishtirok eta olmaydi. Qaytishi qachon boʻlishini ham aniq ayta olmayman. Ammo uning tiklanishi jamoa uchun muhim”, — dedi Gvardiola klub matbuot xizmatiga.

Murabbiy shuningdek, Mateo Kovachichning holatiga ham toʻxtalib oʻtdi: “Kovachich 50–60 daqiqa toʻliq harakat qila oladi. Uning bosqichma-bosqich formaga kirishi biz uchun katta ahamiyatga ega.”

Shu bilan birga, Gvardiola Marmush va Ait-Nurining sogʻligi boʻyicha ijobiy xabar berdi: “Bu ikki futbolchi kecha jamoa bilan birgalikda mashgʻulot oʻtkazishdi. Oʻzlarini yaxshi his qilishdi. Yaqin vaqtda ularni safga qaytishi kutilmoqda.”

Kataloniyalik mutaxassisning bu izohlari muxlislarda oʻyinga boʻlgan qiziqishni yanada oshirdi. “Siti” soʻnggi turlarda bir qator jarohatlar sababli asosiy tarkibni yangilashga majbur boʻldi, ammo Gvardiola jamoa ruhi yuqori ekanini taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, “Manchester Siti” — “Everton” uchrashuvi 18 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi. Muxlislar jamoa yana gʻalaba yoʻlini davom ettiradi, degan umidda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Rodrining holati haqida: “Hozircha yangilik yoʻq”