date

Holand dubl qildi, Gvardiola esa tanqid qildi: “Faqat u emas!”

Holand dubl qildi, Gvardiola esa tanqid qildi: “Faqat u emas!”

Angliya Premyer-ligasining sakkizinchi turida “Manchester Siti” oʻz uyida “Everton”ni 2:0 hisobida magʻlub etdi. Ushbu gʻalabaga Erling Holandning yana bir dubli sabab boʻldi — norvegiyalik hujumchi oʻzining gol urish seriyasini davom ettirdi va jamoasiga muhim ochkolar olib keldi. Ammo shunga qaramay, “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola oʻyindan soʻng futbolchilaridan qoniqmaganini yashirmadi.

“Holand bu bahsda ikkita emas, toʻrt yoki beshta gol urishi mumkin edi. Bu men uchun hafsalani pir qiladigan holat. Bir narsani yaxshi anglashimiz kerak — biz faqat Erlingning gollariga suyanib qololmaymiz”, — dedi ispaniyalik murabbiy.

Gvardiolaning fikricha, jamoada boshqa hujumchilar ham vaziyatlardan unumli foydalanishi shart. “Holand oʻz joyida, har doim xavf tugʻdiradi, ammo vingerlar va yarim himoyachilar ham masʼuliyatli boʻlishi kerak. Agar hamma bir xil darajada harakat qilmasa, chempionlik uchun kurashish qiyin boʻladi”, — deya qoʻshimcha qildi u.

25 yoshli norvegiyalik hujumchi joriy mavsumda 8 oʻyinda 11 ta gol urdi. Uning bu koʻrsatkichi Premyer-liga toʻpurarlari poygasida yetakchilikni taʼminlab turibdi. Holand sakkizta bahsning yarmida raqib darvozasiga ikkita toʻp kiritgan va har turda jamoasi uchun asosiy figura boʻlmoqda.

Mutaxassislar fikricha, “Siti”ning hozirgi formasi chempionlik uchun jiddiy signal, ammo Gvardiolaning fikrlari jamoa hali oʻzining eng yuqori choʻqqisiga chiqmaganini koʻrsatmoqda. “Shaharliklar”ning navbatdagi oʻyinida boshqa futbolchilar ham Holand darajasida faollik koʻrsatishi talab etiladi.

“Manchester Siti” ushbu gʻalabadan soʻng turnir jadvalida peshqadamlik uchun asosiy daʼvogar sifatida qolmoqda, Holand esa navbatdagi rekordlar sari intilishda davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Holand dubl qildi, Gvardiola esa tanqid qildi: “Faqat u emas!”