date

“Real”ning sobiq yulduzi Royston Drente insult bilan shifoxonaga yotqizildi

“Real”ning sobiq yulduzi Royston Drente insult bilan shifoxonaga yotqizildi

“Real”, “Feyenoord” va Niderlandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Royston Drente insultga uchradi. Bu haqda u hozir faoliyat yuritayotgan “De Rebellen” klubi ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 38 yoshli futbolchi o‘zini yomon his qilgandan keyin shifokorlarga murojaat qilgan va shifoxonaga joylashtirilgan.

Hozircha Drentening sog‘liq holati haqida batafsil ma’lumot berilmagan, ammo uning ahvoli jiddiy ekani aytilmoqda. Futbolchining yaqinlari uning shaxsiy hayotiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni va tinchlik berishni so‘rab, barchaga sabr-toqat tilladi. Ular sportchining sog‘ayib ketishi uchun barcha zarur sharoit yaratilganini ma’lum qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, Royston Drente bir paytlar Yevropaning yetakchi klublaridan biri — madridlik “Real” safida to‘p surgan. Hozirda esa u Niderlandiyadagi sobiq professional futbolchilar jamoasi — “De Rebellen” tarkibida o‘ynab kelmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real”ning sobiq yulduzi Royston Drente insult bilan shifoxonaga yotqizildi