date

"Sporting" 24 yoshli Inasiuga 2030-yilgacha yangi shartnoma taklif qildi

"Sporting" 24 yoshli Inasiuga 2030-yilgacha yangi shartnoma taklif qildi

Portugaliyaning "Sporting" klubi markaziy himoyachi Gonsalu Inasiuni tarkibda saqlab qolmoqchi. "Barcelona" ushbu futbolchiga qiziqish bildirgan. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

"Sporting" 24 yoshli futbolchiga 2030-yilgacha yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirgan. Yangi kelishuvda tovon puli 80 million yevro bo‘ladi. Klub bu yo‘l bilan "Barcelona"ning qiziqishini pasaytirishni istaydi.

Gonsalu Inasiu joriy mavsumda barcha musobaqalarda 11 o‘yinda maydonga tushdi. U ikki marta golli uzatma berdi.

Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor bahosi 45 million yevro. "Sporting" futbolchini uzoq muddat saqlab qolishni istaydi. Klub kelajakda ham asosiy himoyachilaridan biri sifatida unga tayanmoqchi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Sporting" 24 yoshli Inasiuga 2030-yilgacha yangi shartnoma taklif qildi