
"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso Chempionlar ligasining uchinchi turida "Yuventus"ga qarshi o'yin oldidan fikr bildirdi. U jamoasini oson o'yin kutmayotganini ta'kidladi.
Euro-football.ru yozishicha, Alonso "Yuventus" har qanday holatda ham xavfli raqib bo'lishi mumkinligini aytdi. Alonsoning so'zlariga ko'ra, har qanday italiyalik jamoa, hatto yaxshi sport formasida bo'lmasa ham, kuchli o'yin ko'rsata oladi.
U "Milan"ga qarshi o'tgan yilgi uchrashuvni esladi va tarixni unutmaslik kerakligini ta'kidladi. Alonso "Yuventus" hali ham yirik klub ekanini, tarkibida kuchli futbolchilar, jumladan, Yildiz kabi iqtidorli futbolchi borligini qayd etdi.
Alonso "Yuventus" taktik jihatdan boy jamoa ekanini aytdi. Ular o'yin davomida tez-tez pozitsiyani o'zgartiradi va raqibga qiyinchilik tug'dira oladi.
"Real" har bir jihatda ehtiyotkor bo'lishi va o'z o'yinini namoyon qilishi zarurligini bildirdi. "Real" va "Yuventus" o'rtasidagi uchrashuv chorshanba, 22-oktabr kuni bo'lib o'tadi.
O'tgan yilning kuzida "Real" o'z maydonida "Milan"ga mag'lub bo'lgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar