O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan terma jamoa sardori Odil Ahmedovning qishki transferlar vaqtida klubini o‘zgartirishi ehtimoli bo‘yicha fikr bildirib o‘tdi. Uning TASS muxbiriga aytishicha, futbolchi mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni «Krasnodar»da o‘tkazadi.
Bundan oldingi xabarlarda 29 yoshli ushbu futbolchi faoliyatini Xitoy jamoalaridan birida davom ettirishi haqida aytilayotgandi.
«Ayni vaqtda Odil Ahmedov — O‘zbekiston terma jamoasining etakchi futbolchisi. U yuqori ambisiyali futbolchi. U o‘z o‘yini orqali „Krasnodar“ga foyda keltirmoqda. Men u bilan payshanba kuni gaplashdim va u menga o‘z jamoasini tark etish niyatida emasligini ma’lum qildi. U birozdan keyin „Krasnodar“ yig‘inlariga yo‘l oladi.
Hozirda Odil matbuotda yozilganidek kurortda emas, Toshkentda ta’tilni o‘tkazmoqda», — degan Babayan.
Odil Ahmedov 2014 yilda «Anji»dan «Krasnodar»ga o‘tgandi. U Rossiya chempionatining joriy mavsumida 16ta o‘yinda maydonga tushdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Superliga. 2025 yilgi mavsum qachon start olishi ma’lum qilindi
AQSH Yaponiyaga HIMARS tizimlarini joylashtiradi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Filippin poytaxtida boshlangan yong‘inda mingga yaqin uylar yonib ketdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi