date

“Liverpul” Salahni 2025 yilgacha jamoada saqlashga qaror qildi

“Liverpul” Salahni 2025 yilgacha jamoada saqlashga qaror qildi

Mohamed Salah so‘nggi paytlarda kuchli sport formasini ko‘rsata olmayapti va tanqidlar ko‘paydi. Shu sababli, “Liverpul” Salahni yozda yoki hatto qishda sotishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi.

Euro-football.ru ma’lumotiga ko‘ra, “Liverpul” Salahni transfer qilishni rejalashtirmayapti. Klub rahbariyati nafaqat qishki, balki yozgi transfer oynasida ham futbolchini saqlab qolmoqchi.

Klub Salahga o‘z kelajagini mustaqil hal qilish imkonini bermoqda, chunki u jamoada muhim o‘rin tutadi. Shu bois, Salah faqat o‘zi xohlagan taqdirda klubni tark etishi mumkin.

Mohamed Salah 33 yoshda. Uning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.



Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Liverpul” Salahni 2025 yilgacha jamoada saqlashga qaror qildi