date

Arne Slot Salahning gol urishdagi qiyin davrini izohladi

Arne Slot Salahning gol urishdagi qiyin davrini izohladi
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Salah so‘nggi paytlarda o‘z o‘yinida muammolarga duch kelmoqda va muxlislar tanqidiga uchramoqda. Jamoa "Ayntraxt"ga qarshi o‘tgan o‘yinda Salah asosiy tarkibda maydonga tushmadi.

Euro-football.ru ma’lumotiga ko‘ra, "Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot matbuot anjumanida Salahning holati haqida izoh berdi. Slotning so‘zlariga ko‘ra, har bir futbolchi qiyin davrlarni boshdan kechiradi va natijalar odamlarning fikriga ta’sir qiladi.

Murabbiy Salahning ham inson ekanini, ba’zan imkoniyatlarni boy berishi tabiiy holat ekanini ta’kidladi. U Salah har doim gol urganini va hozirgi vaziyat unga xos emasligini bildirdi.

Slot Salahning gollar urishdan to‘xtashidan xavotir olmasligini aytdi. U futbolchining butun faoliyati davomida gol urib kelganini eslatdi va yaqin haftalar hamda oylar ichida Salah yana o‘z o‘yinini topishiga ishonch bildirdi.

Murabbiy tarkibda ko‘plab o‘zgarishlar bo‘layotgani, barcha futbolchilar yangi o‘yinchilar bilan o‘zaro tushunishni yo‘lga qo‘yishi kerakligini qayd etdi. 25-oktabr, shanba kuni "Liverpul" Angliya Premer-ligasida safarda "Brentford"ga qarshi bahs olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arne Slot Salahning gol urishdagi qiyin davrini izohladi