19:23 / 31.12.2016
5 852

Temur Kapadze: Yangi yil O‘zbekiston terma jamoasi uchun ham omadli kelishini niyat qilaman

Temur Kapadze: Yangi yil O‘zbekiston terma jamoasi uchun ham omadli kelishini niyat qilaman

Qadrli futbol muxlislari, mana sekin-asta 2016 yil ham yakunlanib bormoqda. Bir necha soatdan so‘ng yangi – 2017 yil kirib keladi.

“Lokomotiv” futbol klubi vakillari Yangi Yil bayrami munosabati bilan siz – aziz ishqibozlarga bayram tabriklari tayyorlashdi. Jumladan, jamoamizning mamlakat chempionligi va kubogini qo‘lga kiritishida ulkan xissa qo‘shgan sardori – Temur Kapadze quyidagicha bayram tabrigini yo‘lladi.

— Avvalambor, barcha yurtdoshlarimizni yangi kirib kelayotgan – 2017 yil bilan chin qalbimdan tabriklayman. Eski yilda amalga oshmagan ishlari yangi yilda amalga oshishini tilab qolaman. 2016 yil “Lokomotiv” klubi uchun juda ham omadli keldi. Yangi 2017 yil bundan ham omadli kelsin. Shu fursatdan foydalanib, Yangi yil O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun ham omadli kelishini niyat qilaman.

Oldimizda turgan mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritishimizni tilab qolaman. Bizning g‘alabalarimiz – bu muxlislarning g‘alabasi. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin. Barcha yurtdoshlarimizni yana bir bor kirib kelayotgan Yangi Yil bilan chin qalbimdan tabriklayman, — deydi “Lokomotiv” klubi sardori Temur Kapadze.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Temur Kapadze: Yangi yil O‘zbekiston terma jamoasi uchun ham omadli kelishini niyat qilaman