22:05 / 17.04.2015
6 048

Balotelli APLda irqchilikdan eng ko‘p jabr ko‘rgan futbolchi deb topildi

Balotelli APLda irqchilikdan eng ko‘p jabr ko‘rgan futbolchi deb topildi

“Liverpul” jamoasi hujumchisi Mario Balotelli APLda to‘p suruvchilar orasida irqchilik munosabatlariga eng ko‘p miqdorda duch keluvchi futbolchi sifatida qayd etildi. Bu haqda futbolchilarning kamsitilishiga qarshi kurash olib boruvchi Kick It Out tashkiloti ma’lum qildi, deb yozadi Kun.uz.

Ma’lum qilinishicha, shu vaqtgacha ijtimoiy tarmoqlar orqali Marioga nisbatan qarshi qaratilgan 8 mingdan ortiq post yozilgan va ularning 52 foizi irqchilik ruhida hisoblanadi.

Bu borada ikkinchi o‘rinda “Arsenal” hujumchisi Denni Uelbek qayd qilindi. Unga qarata yozilgan 1700dan ortiq postning yarmida uning terisi rangiga urg‘u qaratilgan.

Yana bir qora tanli futbolchi Deniel Starrij ham rasistlar “hujumi”ga tez-tez yo‘liqib turishi ma’lum bo‘ldi. “Liverpul” hujumchisini haqoratlash ma’nosida yozilgan 1600dan ortiq postning 60 foizlik qismida unga nisbatan irqchilik kayfiyatlari va jinsiy tomondan kamsitish holatlari kuzatilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Balotelli APLda irqchilikdan eng ko‘p jabr ko‘rgan futbolchi deb topildi