date

Potter Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'ldi

Potter Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'ldi
Londonning "Chelsi" klubi sobiq bosh murabbiyi Grem Potter yangi ish o'rnini topdi. Britaniyalik mutaxassis Shvetsiya terma jamoasini boshqarishga tayinlandi.

Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi. Potter ushbu lavozimga Yondal Tomasson iste’fosidan so‘ng tayinlandi.

Tomasson jamoani 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichidagi muvaffaqiyatsizlik tufayli tark etgan edi. Natijada, Skandinaviya jamoasi mundial yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

Qayd etish kerakki, Potter Shvetsiya chempionatida ishlash tajribasiga ega. U uzoq vaqt davomida "Estersund" klubini boshqargan.

Shuningdek, "Suonsi", "Brayton", "Chelsi" va "Vest Hem" klublarida ham murabbiylik qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Potter Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'ldi