
Angliyaning "Brentford" klubi yarim himoyachisi Josh Dasilva joriy mavsum oxirigacha amal qiluvchi yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar bermoqda.
Londonning "Arsenal" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan va bir nechta pozitsiyada o'ynashga qodir bo'lgan Dasilva 2018 yilda "Brentford" safiga qo'shilgan. Shu vaqtga qadar u jamoa safida 157 ta o'yinda ishtirok etib, 22 ta gol urgan va 12 ta golli uzatma bergan.
Dasilvaning shartnomasi joriy yilning yozida tugagan edi, ammo futbolchi jamoa bilan qolgani sabab 2024 yil fevral oyida tizzasidagi og'ir jarohatdan keyingi reabilitatsiya jarayonini yakunlashga qaror qildi. "Biz uni yana maydonga qaytarishni xohlaymiz.
Agar uni avvalgi darajasiga olib chiqsak, u biz uchun qimmatli o'yinchi bo'ladi", - deya ta'kidladi "ariqlar" bosh murabbiyi Kit Endryus. Transfermarkt portali futbolchining narxini 3 million yevro deb baholamoqda.
Dasilva Angliya yoshlar terma jamoasi bilan 19 yoshgacha bo'lganlar o'rtasida Yevropa chempioni bo'lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar