date

Vinisiyusning bayonoti muhokamalarga sabab bo'ldi

Vinisiyusning bayonoti muhokamalarga sabab bo'ldi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisiyus Junior o'zining "Barselona"ga qarshi o'yinda almashtirilganidan so'ng ko'rsatgan hissiy reaksiyasi uchun kechirim so'radi. Braziliyalik futbolchi o'z bayonotida "mashg'ulotda jamoadoshlarim, klub va prezidentdan kechirim so'radim", dedi.

Biroq Vinisiyusning murabbiy Xabi Alonso haqida hech narsa demagani muxlislar e'tiborini tortdi. Bu holat futbolchining murabbiy bilan munosabatlarida muammo borligini tasdiqlashi mumkin, deb hisoblashmoqda muxlislar.

"Murabbiydan kechirim so'ramaslik g'alati emasmi? Axir u birinchi navbatda sizga rahbar emasmi?" kabi fikrlar ommaviylashdi.

Ushbu izoh ko'plab layklarga ega bo'ldi va boshqa ko'plab shunga o'xshash fikrlar ham bildirilmoqda. Ayni paytda "Real" Ispaniya La Ligasida birinchi o'rinda bormoqda.

"El-Klasiko"dan keyin "Barselona" "Real"dan 5 ochkoga ortda qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vinisiyusning bayonoti muhokamalarga sabab bo'ldi