Mourino Azarni APL shon-sharaf zaliga kirishi bilan tabrikladi

Mourino Azarni APL shon-sharaf zaliga kirishi bilan tabrikladi
Sobiq "Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourino Eden Azarni Angliya Premyer-ligasining Shon-sharaf zaliga kiritilgani bilan tabrikladi. "Eden, seni Premyer-liganing Shon-sharaf zaliga kiritilganing bilan tabriklayman.

Hamma biladiki, sen bu e'tirofni to'liq haqqoniy topgansan. Sen men ishlagan eng ajoyib futbolchilardan birisan.

Endi esa Shon-sharaf zalidasan, bu esa seni abadiy eslashlarini anglatadi. Va, aytgancha, APLdagi so'nggi chempionlik unvonimni qo'lga kiritishda bergan yordaming uchun ulkan rahmat!" - deya Mourinoning so'zlarini liga matbuot xizmati keltirib o'tdi.

Joze Mourino ayni damda o'zining vatani Portugaliyada "Benfika" klubini boshqarayotgan bo'lsa, Eden Azar 32 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar