"Yuventus" Spalletti tayinlanishi haqidagi xabarlarga izoh berdi

"Yuventus" vakili Jorjo Kyellini jamoaning bosh murabbiyligiga Luchano Spallettining tayinlanishi haqidagi ma’lumotlarga izoh berdi. Avvalroq tomonlar mavsum oxirigacha mehnat shartnomasining shartlarini kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Menimcha, Spalletti ajoyib va tajribali murabbiy bo‘lib, zamonaviy futbol falsafasini yaxshi biladi. U haqida yangilik aytish qiyin.
Ammo hozircha biz uning bilan hech qanday hujjat imzolamadik", — dedi Kyellini DAZN bilan suhbatda. Kecha "Yuventus" Italiya chempionatining to‘qqizinchi turida "Udineze" bilan bahs olib bordi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.































Izohlar 0
…