
Madridning "Real" klubi hujumchi Endrikni qishki transfer oynasida ijaraga berish takliflarini ko'rib chiqishga tayyor. 19 yoshli braziliyalik futbolchi Xabi Alonso qo'l ostida maydonga tushmayapti.
Shu sababli klub uning boshqa jamoada tajriba orttirishi kerak, deb hisoblamoqda. Biroq, TEAMtalk xabariga ko'ra, "Real" rahbariyati Endrikni ijaraga berishga faqat bir shart bilan rozilik bildirmoqda: futbolchining ish haqini to'liq qoplash va bitim uchun kompensatsiya to'lash kerak bo'ladi.
Endrikka "Aston Villa", "Vest Xem" va "Brayton" qiziqish bildirmoqda. Ayniqsa, "Brayton" ushbu iqtidorli futbolchini to'liq transfer orqali o'z safiga qo'shishni istamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.