PSJ murabbiyi Desire Due jarohatiga izoh berdi

Parij Sen-Jermen jamoasi uzoq vaqtga Desire Due xizmatidan mahrum bo‘lish xavfini boshdan kechirmoqda. 20 yoshli futbolchi Liga 1 doirasida Loriyan jamoasiga qarshi o‘yinning 63-daqiqasida majburiy ravishda almashtirildi.
Vinger maydondan nogironlar aravachasida olib chiqildi va ko‘z yoshlarini ushlab tura olmadi. "Men Due jarohati qanchalik jiddiy ekanligini bilmayman, lekin buni ko‘rish juda og‘ir edi", — deya ta’kidladi parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike yosh fransuzning holati haqida so‘ralganida.
Oktyabr oyi o‘rtalarida Desire Due avvalgi jarohatini davolagan edi, buning sababli u sentyabr oyidan beri o‘yinlarda qatnashmagan. Shanba kuni PSJ Frantsiya chempionati doirasidagi navbatdagi uchrashuvida uyda Nitsani qabul qiladi.
Keyingi seshanba kuni esa Chempionlar Ligasi doirasida Bavariya bilan o‘z maydonida to‘qnash keladi.