Barselona bitta o‘yindan 8 million yevro topishi mumkin

Barselona bitta o‘yindan 8 million yevro topishi mumkin

Barselona bitta o‘yindan 8 million yevro topishi mumkin
Kataloniyaning "Barselona" klubi Peru hududida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishga yaqin turibdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etish bo‘yicha Janubiy Amerika vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, "Barselona" ushbu o‘yindan 7-8 million yevro atrofida daromad ko‘rishi mumkin.

So‘nggi o‘yinda Xavi Ernandes boshchiligidagi jamoa La Liga doirasida "Real Madrid"ga qarshi maydonga tushdi. "Santyago Bernabeu" stadionida o‘tgan bahsda kataloniyaliklar 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Hozirda "Barselona" 22 ochko bilan musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. "Real Madrid" esa 27 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar