O'zbekiston Kubogi finalidan keyin hakam haqoratlandi

O'zbekiston Kubogi finalidan keyin hakam haqoratlandi
Kecha Andijonda O'zbekiston Kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tdi. Finalda "Paxtakor" va "Buxoro" jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi.

Uchrashuv Toshkent jamoasi g'alabasi bilan yakunlandi. O'yindan so'ng "Buxoro" jamoasi muxlislari bosh hakamni haqorat qiluvchi so'zlar aytishdi.

Shuningdek, "Buxoro" jamoasining bir futbolchisi qo'l harakatlari orqali o'yin sotib olinganligini anglatadigan imo-ishoralar qildi. U hakamni adolatsizlik va pora olishda aybladi.

Shuni ta'kidlash joizki, odatda bunday xatti-harakatlar uchun futbolchilar uzoq muddatli jazoga tortiladi. Shuningdek, muxlislar tartib-qoidalarni buzgan klubga ham tegishli sanksiyalar qo'llanilishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar