date

Borussiya Niklas Zyule bilan xayrlashishi mumkin

Borussiya Niklas Zyule bilan xayrlashishi mumkin
Dortmundning "Borussiya" klubi markaziy himoyachisi Niklas Zyule joriy shartnomasi tugagach, jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbalarga ko'ra, "ari"lar 30 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti. Ajralishning asosiy sabablaridan biri futbolchining yoshi va barqaror o'yin ko'rsatolmayotgani hisoblanadi.

Hozirda Zyulega Bundesliganing bir necha klublari va Italiya A Seriyasi jamoalari qiziqish bildirmoqda. Niklas Zyule 2022 yildan beri "Borussiya" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Ushbu mavsumda u uchta o'yinda maydonga tushgan, biroq samarali harakatlari bilan ajralib turgani yo'q. Futbolchining klub bilan shartnomasi kelasi yozda nihoyasiga yetadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Borussiya Niklas Zyule bilan xayrlashishi mumkin