date

Liverpul himoyachisi klubni tark etishi mumkin


Liverpulga tegishli bo'lgan qanot himoyachisi Endryu Robertson Shotlandiya chempionatiga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, 31 yoshli futbolchi bilan Glazgo Seltik klubi qiziqmoqda. Endryu Robertsonning Liverpul bilan tuzgan mehnat shartnomasi kelasi yil yozida o'z nihoyasiga yetadi va tomonlar hamkorlikni uzaytirish borasida hali bir to'xtamga kelmagan.

Joriy mavsumda Robertson qizillar safida 9 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan. Transfermarkt portali mutaxassislarining fikriga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Liverpul himoyachisi klubni tark etishi mumkin