
“Liverpul” sobiq himoyachisi Stiven Uornok klub bosh murabbiyi Arne Slot bergan intervyudan ko'ngli qolganini bildirdi. Slot “Kristal Pelas”ga Liga Kubogi uchrashuvidagi mag‘lubiyatni izohlar ekan, tarkib chuqurligining yetarli emasligini ta'kidlagan edi.
Uornokning aytishicha, bu bayonot juda noaniq va o‘z-o‘zini oqlashga urinish sifatida qabul qilinmoqda. “Agar tarkib chuqurligiga ega emasligingizni bilsangiz, demak yozgi transfer oynasida yaxshi ishlamadingiz”, dedi Uornok BBCga bergan intervyusida.
Shuningdek, mutaxassis Slotni murakkab jadvaldan shikoyat qilmaslikka chaqirdi, chunki klub mavsumni qanday sharoitda o‘tkazishini oldindan yaxshi bilgan edi. Ta’kidlash joizki, “Liverpul” yozgi transferlarda yangi futbolchilarga qariyb 500 million yevro sarflagan.
Shu bilan birga, “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yinlarda mersisaydliklar 2025/2026-yilgi mavsumda ketma-ket uchta mag‘lubiyatga uchragan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar