date

Sassuolo safarda Cagliarini mag‘lub etdi

Sassuolo safarda Cagliarini mag‘lub etdi
A Seriyasining to‘qqizinchi turida Cagliari o‘z maydonida Sassuoloni qabul qildi. Jamoalar o‘yin boshida ko‘p vaqtga qadar faol harakat qilmadi.

Birinchi bo‘limning yagona xavfli vaziyati 28-daqiqada yuzaga keldi, ammo Sebastiano Esposito tomonidan kiritilgan gol ofsayd sababli bekor qilindi. 54-daqiqada Arman Llorente jarima zarbasidan mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni ochdi — 0:1.

Oradan ko‘p o‘tmay, Gennaro Borrelli to‘pni darvoza to‘siniga urib yubordi. 65-daqiqada esa Andrea Pinamonti jarima maydonchasi ichidan aniq zarba berib, Sassuolo hisobini 2:0 ko‘rinishiga olib chiqdi.

73-daqiqada Sebastiano Esposito mezbonlarga umid olib kelib, hisobni 1:2 ko‘rinishga o‘zgartirdi. Yakunda Kristian Volpato to‘pni ustunga urdi, ammo hisob o‘zgarmadi.

Sassuolo so‘nggi beshta o‘yinda uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritib, 13 ochko bilan turnir jadvalida 9-o‘rinni egalladi. Cagliari esa ketma-ket beshinchi o‘yinda g‘alaba qozona olmay, 9 ochko bilan 14-o‘rinda qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sassuolo safarda Cagliarini mag‘lub etdi