
19 yoshli Tommi Markes "Barcelona"ning asosiy jamoasida oʻz imkoniyatini sinab koʻradi. Bosh murabbiy Xans-Diter Flik yosh yarim himoyachini La Liga doirasida "Elche"ga qarshi boʻlib oʻtadigan oʻyinda tarkibga qoʻshishni rejalashtirmoqda. 
Bu haqda Sport nashri xabar berdi. Yangi futbolchi jarohat tufayli taxminan bir oylik tanaffusga chiqqan yulduz futbolchi Pedrining oʻrnini egallaydi. 
Payshanba kuni Markes "koʻk-anorranglilar"ning asosiy tarkibi bilan mashgʻulot oʻtkazdi. Aynan shu kuni futbolchi oʻzining 19 yoshini nishonladi. 
Insider jurnalist Fabritsio Romano Angliya klublarining ushbu yarim himoyachiga qiziqishi haqida xabar berdi. "Barcelona" klubi bu futbolchiga katta ishonch bildirmoqda va uni qoʻyib yuborishni istamaydi. 
Kataloniyaliklarning "Elche"ga qarshi oʻyini yakshanba, 2-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.
19 yoshli futbolchi Barcelona asosiy jamoasida
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 