“Buxoro” murabbiyiga g‘alaba uchun Tahoe va’da qilingan edi

“Buxoro” murabbiyiga g‘alaba uchun Tahoe va’da qilingan edi
Qisqacha

“Buxoro” jamoasi g‘alaba qozonganida, bosh murabbiyga Tahoe avtomobili, futbolchilarga esa O'zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar va 50 million so'mdan mukofot berilishi va'da qilingan. 29-oktabr kuni Andijonda o'tgan O'zbekiston Kubogi finalida “Paxtakor” “Buxoro”ni bir gol evaziga mag'lub etib, Kubokni 14-bor qo'lga kiritdi. “Paxtakor” futbolchilarining g'alaba uchun qanday mukofot olgani hozircha ma'lum qilinmagan.

29-oktabr kuni Andijonda O‘zbekiston Kubogi finali bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkentning “Paxtakor” jamoasi “Buxoro” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

O‘yin poytaxt klubi foydasiga yakunlandi. “Paxtakor” bir gol urib, O‘zbekiston Kubogini 14-bor o‘z muzeyiga olib ketdi.

Bugun “Buxoro” klubi rahbariyati o‘z jamoasiga Kubokdagi g‘alaba uchun mukofot va’da qilgani ma’lum bo‘ldi. Agar jamoa g‘alaba qozonganida, bosh murabbiyga Tahoe avtomobili berilishi, futbolchilarga esa O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar (modeli aniqlanmagan) va qo‘shimcha ravishda 50 million so‘mdan mukofot puli taqdim etilishi aytilgan.

“Paxtakor” direktori Jahongir Ortiqxo‘jayev ham o‘z jamoasi futbolchilarini mukofotsiz qoldirmagani ehtimoldan yiroq. Biroq hozircha poytaxt klubi o‘yinchilari Kubok g‘alabasi uchun qanday mukofot olgani haqida ma’lumot berilmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar