
“Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen tiklanishni davom ettirmoqda. 33 yoshli futbolchi belidagi operatsiyadan keyingi reabilitatsiyaning birinchi bosqichini yakunladi.
Mundo Deportivo ma'lumotlariga ko'ra, nemis darvozabonining tiklanish jarayoni muvaffaqiyatli kechmoqda va u yaqinda yana maydonda mashg'ulotlarni boshladi. Taxminlarga ko'ra, ter Shtegen joriy yil oxirida yana o'yinlarda ishtirok etishi mumkin.
Ammo bu aniq emas, chunki “koʻk-anorranglilar” sardori jarohat olguniga qadar asosiy tarkibdagi oʻrnini yoʻqotgan edi. Koʻplab mish-mishlarga koʻra, tajribali darvozabon yanvar oyida klubini oʻzgartirishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar