
O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi matbuot xizmati rasmiy xabar e'lon qildi. Ma'lum bo'lishicha, joriy yilning 3-noyabr kuni Argentina va Belgiya milliy terma jamoalari o'rtasida futbol uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Ushbu uchrashuv 17 yoshgacha bo'lgan jamoalar o'rtasidagi Jahon chempionati birinchi tur doirasida o'tkaziladi. Mazkur o'yinni o'zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarishi ta'kidlangan.
Uchrashuvning bosh hakami Rustam Lutfullin bo'ladi. Unga yordamchi hakam sifatida Sanjar Shoyusupov va Akmal G'iyosov tayinlangan.
17 yoshgacha bo'lgan jamoalar o'rtasidagi Jahon chempionati 3-noyabrdan 27-noyabrgacha Qatar davlatida bo'lib o'tadi. Barcha uchrashuvlar Al-Rayyan shahridagi "Aspire Zone" sport majmuasida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Turnir finali shu majmua tarkibidagi "Halifa" stadionida bo'lib o'tadi.
O'zbekistonlik hakamlar Argentina va Belgiya o'yinini boshqaradi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar