date

Kovach: Bellingem kutilganidan tezroq rivojlanmoqda

Kovach: Bellingem kutilganidan tezroq rivojlanmoqda
Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Niko Kovach jamoa yarim himoyachisi Jud Bellingemning o'yinlari haqidagi fikrlarini bildirdi. "Bellingem ajoyib sport formasida.

U juda yaxshi jismoniy tayyorgarlik va texnikaga ega bo'lib, buni yana bir bor "Augsburg"ga qarshi o'yinda yarim soat ichida ko'rsatdi. Undan shubhalanmayman.

Hatto uning rivojlanishi kutilganidan ham tezroq davom etmoqda", - dedi Kovach Sky Sportga bergan intervyusida. Joriy mavsumda 20 yoshli Bellingem barcha musobaqalarda 14 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta samarali uzatma amalga oshirdi.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Bellingemning transfer qiymati 30 million yevroni tashkil qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kovach: Bellingem kutilganidan tezroq rivojlanmoqda