
Germaniya chempionatining toʻqqizinchi turida "RB Leyptsig" va "Shtutgart" jamoalari oʻzaro muhim uchrashuvda maydonga tushishdi. Birinchi bo‘limda mehmonlar — "Shtutgart" ancha faolroq koʻrindi, ammo haqiqiy xavfli vaziyatlar 42-daqiqagacha deyarli kuzatilmadi.
Shu daqiqada Antonio Nusa Romulo Kruzga toʻpni oshirdi, biroq u qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Oradan koʻp oʻtmay, "Shtutgart" himoyachisi Jeff Shabo oʻz darvozasiga toʻpni kiritib qoʻydi va "Leyptsig" hisobni ochdi — 1:0.
Ikkinchi bo‘limning 54-daqiqasida Yan Diomand oʻz texnikasi bilan ajralib turdi va raqib darvozasiga ikkinchi golni kiritdi — 2:0. "Shtutgart" 65-daqiqada qarshi hujum uyushtirib, Tyaqu Tomashning aniq zarbasi orqali hisobni qisqartira oldi — 2:1.
Oʻyin yakuniga yaqin Romulo Kruz yana bir vaziyatda gol urishga yaqin boʻldi, lekin darvozabonning ajoyib harakati bunga yoʻl qoʻymadi. Ammo 90-daqiqada Kruz oʻz imkoniyatidan unumli foydalanib, uchinchi golni kiritdi va oʻyinga yakun yasadi — 3:1.
Mazkur gʻalaba tufayli "RB Leyptsig" turnir jadvalida ikkinchi oʻrinni saqlab qoldi, "Shtutgart" esa toʻrtinchi pogʻonada, yetakchidan toʻrt ochko ortda qolmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.