
“Liverpul” sardori Virgil van Deyk Angliya Premer-ligasida “Aston Villa” ustidan 2:0 hisobida qozonilgan gʻalabadan soʻng jurnalistlar savollariga javob berdi. “Biz ketma-ket toʻrt uchrashuvdan beri magʻlubiyatga uchrab kelayotgan edik.
Nihoyat, gʻalaba qozonish va darvozamizni daxlsiz saqlash yoqimli. Ammo bu faqat bitta gʻalaba, dam olishimiz va navbatdagi oʻyinga eʼtibor qaratishimiz kerak.
Soʻnggi haftalarda jamoamiz atrofida ortiqcha shovqinlar koʻpayib ketdi. Bu baʼzi futbolchilarimizga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin, lekin biz birlashishga harakat qilamiz.
Biz har doim gʻalaba qozonishni va muxlislarimizni xursand qilishni xohlaymiz, lekin hech qachon kafolat yoʻq – APLda raqobat darajasi juda yuqori. Oldimizdagi vazifalar ustida ishlashni davom ettirishimiz kerak.
Ortacha suhbatlardan uzoqroq boʻlishimiz va ishimizga diqqatni jamlashimiz zarur”, – dedi van Deyk TNT Sports bilan suhbatda. 4-noyabr kuni “Liverpul” Chempionlar ligasi doirasida Madridning “Real” klubini qabul qiladi.
Van Deyk: "Ortacha shovqinlardan uzoqroq boʻlishimiz kerak"
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar