date

Salah va Gravenberx "Liverpul"ga gʻalaba olib keldi

Salah va Gravenberx "Liverpul"ga gʻalaba olib keldi
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot uzoq kutilgan Premyer-liga gʻalabasidan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi. Mersisayd klubi “Aston Villa”ni 2:0 hisobida magʻlub etdi.

“Liverpul” mazkur oʻyinga chempionatda ketma-ket toʻrt magʻlubiyatdan keyin chiqqan edi. Ushbu muvaffaqiyatsizliklar seriyasiga Muhammad Salah va Rayan Gravenberxning gollari orqali yakun yasandi.

“Har bir oʻyinda jamoalar oʻrtasidagi farq katta emas, hammasini mayda detallargina hal qiladi. 5-daqiqada “Aston Villa”ning zarbasi ustunga tegdi, shuningdek, bu safar biz standart vaziyatlardan gol oʻtkazmadik.

Bugun bizga biroz omad kulib boqdi, bu esa soʻnggi vaqtlarda yetishmayotgan edi. Ikkinchi golimizda ham omadning hissasi bor edi.

Futbolchilar va muxlislar bugun gʻalaba qozonish naqadar muhim ekanini his qilishdi. Biz xarakter koʻrsatdik va oʻz maqsadimizga erishdik,” – deya Slotning soʻzlarini BBC keltiradi.

“Liverpul” ushbu gʻalabadan soʻng 18 ochkoni qoʻlga kiritib, APL turnir jadvalida 10 turdan keyin uchinchi oʻringa koʻtarildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Salah va Gravenberx "Liverpul"ga gʻalaba olib keldi