
Angliya terma jamoasi va "Nyukasl"ning sobiq hujumchisi Alan Shirer joriy mavsum Premer-ligada Londonning "Arsenal" jamoasi o'yini haqida o'z fikrlarini bildirdi. "Men bu jamoada zaif tomonlarini ko'rmayapman.
Ular yana standart vaziyatlardan gol urishdi, ammo bu ularning futbolining faqat bir qismi. Menga murabbiylar shtabi tomonidan Timber va Kalafiorining hujumdagi o'rni juda yoqadi.
Ular raqibdan son jihatidan ustunlikni yaratib, standart vaziyatlardan unumli foydalanishmoqda", - dedi Shirer BBC Sportga bergan intervyusida. APLning o'ninchi turida "kanonirlar" "Byornli"ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
"Arsenal" Premer-liga turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar