date

Nevill: Arsenal chempion boʻladi

Nevill: Arsenal chempion boʻladi
Sobiq mashhur futbolchi Gari Nevill Angliya chempionatining joriy mavsumida Londonning "Arsenal" jamoasi istiqbollari haqida oʻz fikrlarini bildirdi. "Menimcha, bu jamoa liganing eng yaxshi jamoasi va ularda toʻgʻri tarkib mavjud.

Men ishonchim komilki, "Arsenal" chempionatni yutadi. "Manchester Siti" oʻz avvalgi darajasiga qaytib, "Arsenal"ni magʻlub qila oladi, deb oʻylamayman", – dedi Nevill NBC Sports nashriga bergan intervyusida.

APLning 10-turidan soʻng Mikel Arteta boshqaruvidagi jamoa 25 ochko jamgʻarib, musobaqa jadvalining birinchi pogʻonasida bormoqda. Shuningdek, "kanonirlar" seshanba kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichining toʻrtinchi turida mehmonda Praganing "Slaviya" jamoasiga qarshi oʻyin oʻtkazishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nevill: Arsenal chempion boʻladi