
Futbol sharhlovchisi Aleksandr Yelagin "Tottenxem" va "Chelsi" o‘rtasidagi so‘nggi uchrashuv haqida fikr bildirdi. Angliya chempionatining 10-turida bo‘lib o‘tgan mazkur bahsda "shporlar" minimal hisobda – 0:1 mag‘lubiyatga uchradi.
"Ochig‘i, men "Tottenxem" qanday o‘yin uslubida ekanini tushunmadim. Masalan, "Brentford"da hammasi aniq edi: kuchli darvozabon, uzoq uzatmalar va tezkor qarshi hujumlar.
Juda oddiy, ammo "Brentford" uchun bu uslub samara berdi. Lekin "Tottenxem"ni chempionlik uchun kurashadigan klub sifatida ko‘rayotgan bo‘lsak, bu yetarli emas.
Bunday jamoaga kuchli g‘oyalar kerak. Hozircha Frandan bunday g‘oyalarni ko‘rmadim", – deb yozdi Yelagin o‘zining Telegram-kanalida.
Mazkur mag‘lubiyatdan so‘ng, "Tottenxem" Angliya Premer-ligasida 5-o‘ringa tushib qoldi. Jamoa hisobida 10 turdan keyin 17 ochko bor.
Yelagin: "Tottenxem qanday o‘ynayotganini tushunmadim"
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar